Ivan Boshkovich: "Sabr qildik va maqsadimizga erishdik"

  • 27 avgust, 2023, 01:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Raqib chempionlik uchun kurashayotgan kuchli jamoa edi. 30-daqiqadan so‘ng o‘zgarishlarni amalga oshirib, namanganliklar ikkita hujumchi bilan harakat qilishdi. To‘pni ikkinchi qavatdagi kurashlarga ko‘chirdik va muvozanatni tikladik. Biz pas orqali chiqib ketib, vaziyat yaratishga intildik. Sabr qildik va maqsadimizga erishdik.

Doriev gol kiritganidan xursandman. Bu gol uning uchun muhim edi. U endi maydonda yanada ishonch bilan to‘p tepadi. Afsuski, ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Muhimi, natijaga erishdik. 4 kundan so‘ng yana bir uchrashuv bor. O‘sha bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. Keyingi uy uchrashuvimiz “Paxtakor”ga qarshi o‘tadi. Umid qilamanki, muxlislar yaxshi o‘yin va ijobiy natijalar guvohi bo‘lishadi.

Biz ushbu bellashuvga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik. Ular uzoq masofa bosib, OChLda o‘ynashdi. Bu ham ta’sir o‘tkazdi. Ammo, o‘ylashimcha, biz g‘alabaga loyiq harakat qildik”, – dedi Boshkovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
27/08/2023 11:54
Уринов шунчалик айер тактика килдики,Дориевнинг сарик карточкасини була туриб жанжал чикарди, бу эса хакам жалолашини билар эди. Бу наманганча усул.