
Ivan Perishich APL grandi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi
Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishichning "Tottenxem"ga transferi yakunladi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchi kecha kechqurun “shporlar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Ivan Perishich shartnomasi yakunlangani bois "Inter"ni erkin agent sifatida tark etdi. U 2015 yilning yozida buyod “neradzurrilar” safida to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida A Seri, Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
"Tottenxem"da Perishich o‘tgan mavsumda "Inter"da birga ishlagan bosh murabbiy Antonio Konte bilan yana faoliyat olib boradi.
Fikrlar