
Ja’far Irismetov: Xorijlik mutaxassis kelsa, uning darajasi yuqoriroq bo‘lishi shart
“Paxtakor”, “Dinamo” va “Navbahor” tarkiblarida o‘ynagan futbolchi Ja’far Irismetov Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy etib tayilanishiga o‘z fikrini bildirdi.
“Ko‘plab murabbiylar negadir O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishni rad etdi. Ochig‘ini aytsam, men Kannavaroning nomzodiga qarshiman. Jahon chempionatiga borib, munosib ishtirok etish uchun Klopp darajasidagi murabbiyni jalb qilish zarur. Fabio O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun eng ma’qul tanlov emas. Bu murabbiyning terma jamoamizga qanday hissa qo‘shishni tasavvur qila olmayapman. Menimcha, uni nomi va futbolchilik faoliyati tufayli tanlashgan, murabbiylik faoliyati esa, shubhasiz, unchalik kuchli emas. Shunchaki nom uchun emas, balki, yordam bera oladigan murabbiyni tanlash lozim.
Aslida, yaxshi murabbiylik tajribasiga ega mutaxassisni tanlash kerak. Agar chet ellik mutaxassis olishga qaror qilingan bo‘lsa, uning darajasi biroz yuqoriroq bo‘lishi shart," - dedi O‘zbekiston terma jamoasi va "Spartak"ning sobiq hujumchisi Irismetov.
Fikrlar