Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Jahon chempionati. Bugun 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Bugun Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.   

Kun davomida terma jamoamiz a’zolaridan Sa’dulla Ravshanov (-73 kg), Inomjon Bahodirov (-81 kg), Maftuna Ahmedova, Gulsanam Hazratova (ikkisi -57 kg) va Zuhrajon Umarova (-63 kg) medallar yo‘lida tatamiga chiqishadi. 

O‘smirlarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:

-73 kg: Sa’dulla Ravshanov — Ali Aljadi (Kuvayt);

-81 kg: Inomjon Bahodirov — Derrik Tomas (AQSh);

-57 kg: Maftuna Ahmedova — Gil Perri (Isroil);

-57 kg: Gulsanam Hazratova — Miroslava Bondarenko (Kanada);

-63 kg: Zuhrajon Umarova — Ana Skilevich (Bosniya va Gersegoviniya).

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q