Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Jahon chempionati. Bugun ikki nafar taekvondochimiz bellashuvlarga kirishadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.

Xitoyning Usi shahrida bugun taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.

Unda erkaklar -63 kg, ayollar esa -49 kg vazn toifalaridagi bahslarda qatnashadi. Ushbu vazn toifalaridagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Nazarali Nazarov va Laylo Xasanova ishtirok etadi.

Ayollar o‘rtasida -49 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Laylo Xasanova (O‘zbekiston) — Marlin Peres Eskalona (Kuba);

Erkaklar o‘rtasida -63 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Nazarali Nazarov (O‘zbekiston) — Chinzorig Dashdavaa (Mo‘g‘uliston).

Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q