Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Jahon chempionati. Ertaga ikki nafar taekvondochimizga muxlislik qilamiz!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ertaga taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida 2025 yilgi jahon chempionati o‘z nihoyasiga etadi.

Usida (Xitoy) ertaga taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida 2025 yilgi jahon chempionati o‘z nihoyasiga etadi. Musobaqaning yakuniy kunida terma jamoamiz a’zolaridan Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg) va Laylo Zayniddinova (-53 kg) dayangga ko‘tariladi.

Erkaklar, -74 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Najmiddin Qosimxojiev - Aashis Bxandari (Nepal);

Ayollar, -53 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Laylo Zayniddinova - Emili Lutsiyu (Kipr).

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 6:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q