Jahon chempionati. Feruza Kazakova keyingi bosqichga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Hozirgina -51 kg da hamyurtimiz Feruza Kazakova va panamalik Yuliett Xinestroza jangi yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Kazakova hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Feruza uchun keyingi jang 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Shavkatjon Boltaev hamda shvetsiyalik Kevin Skott to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar