Jahon chempionati. Navbahor Hamidova finalga yo‘l oldi!

  • 12.09.2025 23:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilyapti.

-65 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova Xitoy Taypeyi vakilasi Chen Nien-Chin qarshi ringga ko‘tarildi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda Hamidova ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Abdumalik Xalokov va Shunsuke Kitamoto (Yaponiya) qarama-qarshiligi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!