Jahon chempionati oldidan Eron terma jamoasida jiddiy yo‘qotish bor

  • 7 oktabr, 2022, 07:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" va Eron terma jamoasi hujumchisi Serdar Azmun oyog‘idan jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.

Tecno

27 yoshli eronlik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Portu"ga (0:2) qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot paytida son qismini shikastlab olgan.

Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, Serdar 6-8 hafta ichida maydonga qaytishi mumkin. Shu bois, u katta ehtimol bilan noyabrda Qatarda boshlanadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatab o‘tamiz, musobaqa 20 noyabrdan 18 dekabrgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!