Jahon chempionati. Turkmanistonni mag‘lib etdik. Navbat Yaponiyaga!

  • 20.06.2025 13:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslari boshlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi ilk bosqichda turkmanistonlik dzyudochilarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:0! Xurshida Razzoqberdieva, Nurbek Murtazoev va Muzaffarbek To‘rabiev raqiblarini mag‘lub etishdi. Umida Nig‘matovaga texnik g‘alaba yozildi.  

Yaponiya - Avstriya qarama-qarshiligida terma jamoamizning 1/4 finaldagi raqibi aniqlandi. Kutilganidek. dzyudo vatani vakillari 4:0 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘l olishdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!