
Jahon chempionati. Xumorabonu Mamajonova Chernogoriya vakilasini osonlik bilan mag‘lub etdi
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
-57 kg da hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonova va Chernogoriya vakilasi Boyana Goykovich jangi o‘z nihoyasiga etdi. 1 raundda Mamajonova raqibni bir bor nokdaun hotiga tushirdi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Aziza Zokirova hamda Regina Lakos (Vengriya) to‘qnashuvi kutib turibdi.
Fikrlar