Jahon chempionati. Yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdik!

  • 14.09.2025 19:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirib keldi.

-80 kg da hamyurtimiz Javohir Ummataliev 5:0 hisobida frantsiyalik Yojerlen Sezarni mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.

-90 kg da vakilimiz To‘rabek Xabibullaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra braziliyalik Isaias Ribeiro ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Abdumalik Xalokov hamda Luiz Oliveyra (Braziliya) jangi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!