Jahon chempionati: Yarim final uchun jangda hakam o'zbek bokschisini diskvalifikatsiya qildi
Kutilmagan qaror
Budva (Chernogoriya) shahrida o‘tkazilayotgan 19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida rossiyalik bokschi Proxor Startsev hamda o‘zbekistonlik Abrorbek Sharipov ringga ko‘tarildi.
80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yarim finalga yo‘llanma uchun kechgan jang muddatidan oldin yakunlandi. Uchinchi raundda referi Abrorbek Sharipovga uchinchi marta ogohlantirish berganidan so‘ng, jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik bokschini diskvalifikatsiya qildi.
Shu tariqa, Startsev raqib ustidan dosrochna g‘alaba qozonib, kamida bronza medalini qo‘lga kiritishni ta’minladi. Sharipov esa musobaqani sovrinsiz tark etdi.
19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati (U-19) 2026 yil 16–27 oktyabr kunlari Budva shahrida World Boxing xalqaro tashkiloti homiyligida o‘tkazilmoqda. Musobaqada dunyoning 69 mamlakatidagi 474 nafar yosh bokschi ishtirok etmoqda. Ular 20 ta vazn toifasida — o‘g‘il bolalar va qizlar uchun o‘ntitadan — medallar uchun kurash olib bormoqda.

Izohlar (0)