Jahon chempionatida dramatik durang: Jazoir va Avstriya 3:3 o‘ynadi
Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Jazoir va Avstriya terma jamoalari oʻrtasidagi bahs 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
⠀
Bellashuvda hisobni 28-daqiqada Marko Arnautovich ochdi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtda Rafik Belgali muvozanatni tikladi.
⠀
Ikkinchi boʻlimda Marsel Zabitser 55-daqiqada Avstriyani yana oldinga olib chiqdi. Oradan besh daqiqa oʻtib, Riyod Mahrez hisobni tenglashtirdi.
⠀
Asosiy vaqtga qoʻshib berilgan daqiqalarda oʻyin yanada keskin tus oldi. 93-daqiqada Mahrez oʻzining ikkinchi golini kiritib, Jazoirni gʻalabaga yaqinlashtirdi. Biroq 96-daqiqada Sasha Kalaydjich hisobni yana tenglashtirib, Avstriyani magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
⠀
Shu tariqa, jamoalar muxlislarga gollarga boy va keskin bahs taqdim etib, maydonni bitta dan ochko bilan tark etdi.

Fikrlar