Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdik!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda olti kun davom etgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Yosh taekvondochilarimiz Jahon chempionatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medalga ega chiqishdi. E’tiborli­si, bu yoshlar Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijamiz sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Boisi, vakillarimiz bunga qadar bitta Jahon chempionatida  3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishmagan edi.

Oltin medal:
-48 kg: Yosinbek Odilov
-51 kg: Asadbek Samandarov
-63 kg: Mohidil O‘ktamjonova

Kumush medal:
-68 kg: Ayubxon Nabiev
+78 kg: Alisher Pak

Bronza medal:
-45 kg: Shohjahon Xolmurodov.

Yanada ahamiyatlisi, Toshkent-2026 Jahon chempionatida yig‘itlar jamoamiz ochkolar hisobiga ko‘ra, eng yaxshi natijani ko‘rsatib, musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi.

Konstantin Li murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunladi. Bu biz uchun yangi tarix, bu Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi!

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!