Jahon chempionatida zahira oʻyinchilari kiyinish xonasida oʻtiradi
AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etadigan ko‘plab terma jamoalar zaxiradagi futbolchilarga uchrashuvlarni kiyinish xonasidan kuzatishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunday holatda murabbiy yordamchilaridan biri zaxira o‘rindig‘idan kiyinish xonasiga borib, agar jamoa almashtirishni amalga oshirishni istasa, futbolchilarni qizish mashqlariga yuborib turadi.
Avvalroq FIFA hakamlarga har bir bo‘lim o‘rtasida ikki martadan suv ichish tanaffusi berishni majburiy qilib belgilagan edi.
2026 yildgi jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.
Turnirning ochilish uchrashuvida mezbonlardan biri bo‘lgan Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar