Jahon chempionatiga yana ikkita terma jamoa qo‘shildi (Mundialga chiqqan barcha terma jamoalar ro‘yxati)

  • 18 noyabr, 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilning yozida futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatiga birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Ayni paytda ayrim mintaqalarda yo‘llanmalar uchun kurash hal qiluvchi pallaga kirgan.

Tecno

Evropa mintaqasi saralash turnirining navbatdagi uchrashuvlaridan keyin jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan yana ikkita terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Bular Germaniya va Niderlandiya.

Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda Slovakiya futbolchilari darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritdi va “A” guruhi peshqadami sifatida jahon chempionatiga yo‘llanma ega bo‘ldi.

Niderlandiyaliklar esa, Litva terma jamoasini 4:0 hisobida engib, “G” guruhida birinchi o‘rinni o‘ziniki qildi.

 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning hozirgi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Kot-d'Ivuar, Frantsiya, Xorvatiya, Norvegiya, Portugaliya, Germaniya va Niderlandiya.

Mundialning 48 ta o‘rnidan 34 tasi to‘ldi. Terma jamoalar yana 14 ta yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!