Jahon chempionatining ilk kunida ikki taekvondochimiz ishtirok etadi
Ertadan Xitoyning Usi shahrida barchamiz kutgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon birinchiligi start oladi.
Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etadigan jahon chempionatining dastlabki kunida erkaklar eng og‘ir — +87 kg, ayollar esa -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi.
Kun davomida milliy terma jamoamiz a’zolari — Marat Mavlonov (+87 kg) hamda Madina Mirabzalovaga (-57 kg) muxlislik qilamiz.
Erkaklar o‘rtasida +87 kg vaznda 1/16 final bosqichi:
Marat Mavlonov (O‘zbekiston) — Seydu Seyni Suleymani (Nigeriya)/Jonatan Louren (Martinika orollari) bahsi g‘olibiga qarshi;
Ayollar o‘rtasida -57 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Madina Mirabzalova (O‘zbekiston) — Ingibjorj Gretarsdotir (Islandiya).
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 6:00 da boshlanishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar