Jahon chempionatlаridа eng ko‘p o‘ynagan futbolchi kim?
Jahon chempionatlari tarixida milliy terma jamoasi safida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar reytingiga Argentina afsonasi Lionel Messi boshchilik qilmoqda. U beshta mundialda qatnashib, jami 26 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxati:
- Lionel Messi (Argentina) — 26 ta o‘yin (5 ta mundial)
- Lotar Matteus (Germaniya) — 25 ta o‘yin (5 ta mundial)
- Miroslav Kloze (Germaniya) — 24 ta o‘yin (4 ta mundial)
- Paolo Maldini (Italiya) — 23 ta o‘yin (4 ta mundial)
- Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 22 ta o‘yin (5 ta mundial)
Ushbu ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, mundialning guruh bosqichidayoq reytingda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Chunki “top-5” o‘rin olgan futbolchilar orasida faqatgina Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Endi buyog‘i qaysi terma jamoa 2026 yildagi jahon chempionatida uzoqroq marraga yetib borishiga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar