Jahon chempioni "Liverpul"ga o‘tmoqda
"Livepul" yozning eng birinchi xaridini amalga oshirishga yaqin. "Brayton" futbolchisi Aleksis Makalister mersisaydliklar safiga ko‘chib o‘tmoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Shartnomaga ko‘ra, mersisaydliklar "chaykalar"ga 60 million funt sterling to‘laydi. Argentinalikning o‘zi bilan 2028 yilgacha amal qiladigan bitim imzolanadi. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Liverpulga yo‘l olishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Makalister ushbu mavsum "Brayton" tarkibida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golda ishtirok etdi. Shuningdek, Argentina bilan Jahon chempionatini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
"Liverpul" bu transfer bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Klubning keyingi maqsadi "Sautgempton" vakili Laviya uchun kurashish bo‘ladi.
Fikrlar