Jahon kubogi yakunlandi. Erkaklar terma jamoamizga teng keladigan topilmadi

  • 21.06.2026 21:04
  • Javohir Malikov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan, Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada ham ajoyib ishtirok etgan, terma jamoamiz jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi. 

Quvonarlisi har doimgidek, erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan yana yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi pog‘onani Qozog‘iston 3 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Frantsiya terma jamoasi egalladi.

Umumiy jadvalda esa mezbonlar Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza bilan birinchi, 5 ta oltin, 3 ta bronza bilan Qozog‘iston ikkinchi va 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronzani qo‘lga kiritgan terma jamoamiz kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-90 kg. To‘rabek Xabibullaev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-57 kg. Nigina O‘ktamova

Kumush medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-48 kg. Farzona Fozilova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva

Bronza medal:
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+90 kg. Arman Mahanov
-60 kg. Sitora Turdibekova
-75 kg. Aziza Zokirova

Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrique Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Islom Tadjiboev, Shahzoda Umarova, Sharif Narziqulov, Shukurulla Vapaev.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto

Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
22/06/2026 09:55
Боксда ҳам секин пешқадамликни топширмоқдамиз.