Jahongir Zokirov: "Butun dunyo o‘zbeklarning qanday kuchga ega ekanini biladi!"

  • 29.06.2026 02:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Jahongir Zokirov "Zuffa Boxing"da debyutini o‘tkazib, 2 raunddayoq amerikalik Zachari Spillerni texnik nokautga uchratdi. 

Mazkur ajoyib g‘alabadan so‘ng vakilimiz emotsiyalari bilan bo‘lishdi:

"Hammasi zo‘r joyda tashkil etilayapti. Zuffa dagi ilk jangimda g‘alaba qozondim. Bunda, albatta, murabbiylarimning hissasi katta. Ularga va Zuffa rahbariyatiga rahmat. 

Bugungi raqibim ham ancha kuchli edi. Lekin bu yerda "Uzbek Power" bor. O‘zbeklar hamma joyda o‘z kuchini isbotlab qo‘ya oladi, buni butun dunyo biladi. Men hozir O‘zbekiston hamda Zuffa rahbariyatiga va’da beraman: tashkilotning ilk chempionlaridan biri bo‘laman!", - dedi Zokirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!