
Jahonning eng mashhur milliarderi UFCda qaysi jangni ko‘rishni xohlamoqda?
Mashhur amerikalik biznesmen Mark Tsukerberg UFC da janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi(22-2) va braziliyalik Aleks Pereyra(11-2) o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ko‘rishni istamoqda.
"Aleks va Dyu Plessi. Bu jangni ko‘rishni juda xohlardim", – deb yozgan Mark.
Eslatib o‘tamiz, Pert shahrida (Avstraliya) bo‘lib o‘tgan "UFC 305" turnirida Drikus o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanyaga qarshi oktagonga chiqdi. Mazkur bahs to‘rtinchi raund oxirida janubiy afrikalikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Adesanya uchun bu mag‘lubiyat ketma-ket ikkinchisi bo‘ldi. Dyu Plessi uchun bu g‘alaba UFC dagi qatorasiga sakkizinchi.
Fikrlar