Jaloliddin Masharipov nima sabab "Neftchi"ga o‘tmadi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 29 yanvar, 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" futbolchisi Jaloliddin Masharipovga "Neftchi"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.  31 yoshli futbolchi SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. Unda nima sabab Farg‘ona klubiga o‘tmagani haqida gapirib o‘tdi.

- "Neftchi" sizni tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi. Nega rozi bo‘lmadingiz?

"To‘g‘ri, "Neftchi" klubi meni o‘z tarkibiga qo‘shib olish borasida taklif bilan chiqdi. O‘sha payt ularga Eron klubi yangi kontrakt taklif etmoqchi ekanligini aytgan edim. To‘g‘risi, O‘zbekistonga hozir qaytgim kelmadi. Agar qaytadigan bo‘lsam ham, birinchi navbatda "Paxtakor" bilan muzokara o‘tkazsam kerak. 

Undan so‘ng, boshqa klublardan kelgan takliflarni ko‘rib chiqamiz", - dedi terma jamoamiz etakchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
29/01/2025 15:00
Молодец Жалол пахтакорга содик колганинг учун ( пахтакор мухлиси. )