Jaloliddin Masharipov qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

  • 06.12.2025 02:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo / Yamayka / Yangi Kaledoniya bilan bahs olib boradi. Terma jamoamiz a’zosi Jaloliddin Masharipov esa raqiblarimiz haqida gapirib o‘tdi.

"Qur’adan oldin Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan bir guruhga tushishimizni aytgan edim. Ko‘p o‘zbekistonlik muxlislar ham Ronaldu yoki Messiga qarshi o‘ynashimizni kutishgan edi. Portugaliya bilan bir guruhga tushganimiz yaxshi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Kolumbiya ham bor. Ular juda yaxshi shakllangan jamoa. Xudo xohlasa, biz ham Jahon chempionatiga borib, zo‘r o‘yinlar o‘tkazishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz — guruhdan chiqish. Nasib, buni uddalaymiz", — dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!