Jaloliddinov transferi mashmashasi Rossiyada ham aks sado bermoqda. Agent bor gapni aytdi!

  • 20 avgust, 2020, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv”ga legioner sifatida ko‘chib o‘tganidan bir muddat o‘tib, uning transferiga oid turli mish-mish va muammolar kelib chiqmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasida bu transfer borasida gumon va echimini topishi kerak bo‘lgan savollar yuzaga keldi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari hali “Lokomotiv”da debyutini nishonlab ulgurmagan 18 yoshli futbolchimizning transferi atrofidagi mashmashalarga oydinlik kiritish maqsadida uning Moskva klubiga ko‘chib o‘tishida asosiy ishni bajargan futbol mutaxassisi Yuriy Belousga murojaat qildi.

screen_IMG_9411_1

Ma’lumki, Jasur Jaloliddinov iyul oyining oxirida Moskvaga borib, “Lokomotiv” bilan besh yillik shartnoma imzolagan va yangi jamoasida 23-raqamni tanlagan edi. O‘shanda uning transferi “to‘miryo‘lchilarga” 1 million evro atrofida tushgani aytilgan edi.

- Bu billurday toza transfer bo‘lgan va bunda hech qanday shubha-gumonga o‘rin yo‘q. Mening tushunishimcha, “Bunyodkor”da rahbariyat o‘zgargan, bir bosh direktor o‘rniga boshqasi kelgan. Transfer bo‘yicha kerakli qog‘ozlarni o‘zlari izlayversin. Agar ular nimadir qilishi talab etiladigan bo‘lsa, hujjatlarni “Lokomotiv”dan so‘rashsa ham bo‘ladi.

Jasur “Lokomotiv”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga qaror qilishgan. Shu bilan birga, “Bunyodkor” uni qo‘yib yuborishi uchun olishni istayotgan summa ham ko‘rsatilgan. Bu summani Jasurning o‘zi yoki uchinchi tomon ham to‘lashi mumkin-ku. Shunday ham bo‘lgan. “Bunyodkor” o‘zi istagan summani to‘liq olgan. Bunga qo‘shimcha tarzda FIFA ustavi bo‘yicha futbolchini tarbiyalagani uchun ham kompensatsiyani oldi. Bu ham yaxshigina summa. “Bunyodkor” tomonidan hech qanaqa e’tiroz yo‘q, Rossiya premer-ligasining eng zo‘r klublaridan biri mablag‘ni to‘liq to‘ladi va futbolchining istiqboli porloq, - dedi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous.

Jasur Jaloliddinov o‘z tengqurlari orasida (2002 yilda tug‘ilganlar) eng iste’dodlisi va Osiyoda eng kuchli besh futbolchidan biri.  The Guardian ekspertlari bahosiga ko‘ra, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan. Unga Portugaliyaning “Benfika”, Italiyaning “Udineze”, “Benevento”, Turkiyaning “Beshiktosh”, Ispaniya va Osiyoning qator klublaridan qiziqishlar bo‘lgandi. Biroq, Jasur Jaloliddinov kelajakda yanada o‘sishga erishish va legioner maqomiga moslashish uchun “Lokomotiv”ni tanlaganini intervyusida alohida ta’kidlagan.

2_1

Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor”da jami 32 ta uchrashuvd 3 ta gol urgan. 2020 yilda O‘zbekiston terma jamoasida debyutini o‘tkazgan.  

Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto)

Jaloliddinov xuddi Messiday o‘ynaydi!

“Rostov” va “Loko” legionerlardan voz kechishga majbur. Shomurodov va Jaloliddinov nima qiladi?

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

Jasur “Udineze”da o‘ynashi mumkin edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shodiyor Kazakov
17/08/2020 19:37
Hamma joyda uzimizkilar buzadi
Н. М.
20/08/2020 11:19
Хар куни чикади шу хабар.
Ilhomjon Feyz
18/08/2020 21:50
Тахминимча бизникилардан қайсидир харомхўр каламуш еяолмай қолган ёки жасурдан соққа кутаябди. Футболимизни рахбарятини 98% порахўр, еб тўймас харомхўрлардан ташкил топган.Футболга кетаётган пулни ўрнига завод фабрикалар қурилганда ўзбекларимз рассиями россия хор бўлиб юрмасди.
Shodiyor Kazakov
17/08/2020 19:38
Senga omad ukam butun Navbahor fanatlari sen bn Oston Urunubga Ham Katta kon Omad
Алишер Собиров
18/08/2020 08:04
Абрамов нефтчида ишлаганда сотган уйинлари.хатоки 2чи лигага ярамайдигон углини уйнатган.энди бунедкорни тагига сув куйибдида
Хали милийди хор килмаса булди. Вактида аут килиш керак
Расулжон Тоштемиров
17/08/2020 19:56
Харом ишларга В Абрамов кушилмаган булсин очкуз МТЖ ва Бунеткор хаммасини эгалаб олди МТЖ хам кимларга колди Узбекистан орият килайлик Абрамов олдин Бунеткор эплаб олисин