
Jamoasiga ochko olib bergan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi? (Foto)
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Kaldara 43-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada legionerimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Qayd etish lozim, mazkur gol Eldorning "Spetsiya" tarkibidagi debyuti hisoblanadi. Shuningdek, u joriy mavsum A Seriyada ham gol urmagandi.
Taniqli "SofaScore" portali o‘yindan so‘ng futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Shomurodov Lassana Kulibali bilan birgalikda eng baland 7.5 ballga loyiq ko‘rildi
Fikrlar