Jamshidbek Najmitdinov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi, ertaga jang (video)

  • 14.05.2022 08:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, professional boksning yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan bokschimiz Jamshidbek Najmitdinov (18-2, 14KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 15 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dallas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Ushbu kechada unda amerikalik Charles Hetley (30-2-1, 21KO) raqiblik qiladi. 10 raund etib belgilangan bahs uchun WBC yo‘nalishida Amerika Qo‘shma Shtatlari chempionlik kamari tikilgan.

Mazkur to‘qnashuv oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.

VID_20220514_075644_231

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!