Jan-Klod Van Damm bokschi-bloger Jeyk Polga "vyzov" tashladi

  • 13.02.2026 21:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Belgilialik mashhur aktyor va jang sanʼati ustasi Jan-Klod Van Damm amerikalik bokschi-bloger Jeyk Polga "vyzov" tashladi.

"Hoy, Jeyk. Kel, jang qilamiz. Faqatgina K-1 va boks! Oyoq va tirsak bilan zarbalarsiz kurashamiz. Qoʻrqma, men, shunchaki, seni magʻlub etishni istaydigan oddiy yigitman", – dedi Van Damm ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirilgan videoda.

Eslatib oʻtamiz, Jeyk Pol soʻnggi bor 20 dekabr kuni angliyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga koʻtarilib, oltinchi raundda nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!