Jan Piero Gasperini «Roma»ning yozgi transfer rejalari haqida gapirdi
«Roma» bosh murabbiyi Gasperini jamoaning hozirgi tarkib yadrosini saqlab, uni kuchaytirish uchun bosqichma-bosqich qurishini aytdi.
«Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini yaqinlashayotgan transfer oynasi oldidan klub rejalari haqida fikr bildirdi.
«Transfer bozoriga oid turli taxminlar juda ko‘p, ammo jamoa bir kunda emas, bosqichma-bosqich quriladi. Biz oldimizga joriy tarkibdan ham kuchliroq jamoa shakllantirish maqsadini qo‘yganmiz. Lekin shu bilan birga, mavsumning so‘nggi turida 90-daqiqagacha kurashgan o‘sha futbolchilar guruhi bilan yana boshidan yo‘lga tushish juda muhim. Bu – qimmatli jamoa, mustahkam yadro, biz esa uni saqlab qolishimiz, shu asosga yangi, saviyani yanada oshiradigan futbolchilarni qo‘shishimiz kerak.
Biz bu shahar va doim stadionni to‘ldirib, kamdan-kam joyda uchraydigan muhit yaratadigan muxlislarga hurmat sifatida juda puxta va jiddiy ishlashimiz shart. Rim – katta ahamiyatga ega shahar, biz esa bu jamoaning o‘sishiga, qadamba-qadam olga siljishiga yordam berishga majburmiz», – deya Gasperining so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Izohlar (0)