
Janubiy Koreya. Xurshid G‘iyosov jamoasiga g‘alaba keltirdi
Bugun Janubiy Koreya K2 Ligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Xurshid G‘iyosov faoliyat olib boradigan "Anyang" klubi bu tur "Seul E-Lend" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
G‘iyosov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushdi va 81-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining mavsumdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritishida o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu tariqa, "Anyang" hisobidagi ochkolar soni 3 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
K2 Liga. 4-tur
"Seul E-Lend" - "Anyang" 0:2
Gollar: Boadu Akosti (59), Xurshid G‘iyosov (81 penaltidan).
Fikrlar