Jarohat olgan Kayla Harrison bayonot bilan chiqdi

  • 16.01.2026 17:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Amerikalik UFC jangchisi Kayla Harrison braziliyalik Amanda Nunyesga qarshi bahs bekor qilinganidan keyin birinchi marta bayonot berdi.

"Salom, bolalar. Shunchaki o‘zim bilan nimalar bo‘layotgani haqida ozgina gapirib bermoqchiman. Kecha Nyu-Yorkda bo‘ynimni operatsiya qilishdi. Shundan so‘ng jangni keyinga qoldirishimizga to‘g‘ri keladi. Bundan juda afsusdaman. Amandadan uzr ham so‘rayman. O‘zim ham bu to‘qnashuvni intiq bilan kutgandim.

Shuningdek, qo‘llab-quvvatlagan barchaга rahmat. Menga, doktor Di, Jen va ularning butun jamoasiga yaxshi g‘amxo‘rlik qilgani uchun UFC ga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bolalarimga uyda qarab turgan onamga rahmat. 

Bugun tiklanishning birinchi kuni. Xudoning rejalari bilmayman, lekin u mening orzum nima ekanini biladi. Men tez orada qaytaman", - dedi Harrison ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videoda (yiği aralash).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!