Jarohat olib, maydonni tark etgan Husanovning o‘yini qayday baholandi?
Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Brayton" - "Manchester Siti" bahsi mezbonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. Dastlab, hisobni "shaharliklar" hujumchisi Erling Holand ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada penaltidan Jeyms Milner tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keldirdi. 85-daqiqada Abduqodir Husanov jarohat olib maydonni tark etdi. Oradan sanoqli daqiqalar o‘tib, "chaykalar" yarim himoyachisi Brojan Gruda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov "Brayton"ga qarshi o‘yinda:
To‘pga teginishlar - 77 ta
Paslar aniqligi - 57/65 (88%)
Uzoq masofaga paslar - 7 (2)
Erdagi duellarda - 8 (5)
To‘pni yo‘qotishlar - 9 martta
Fol ishlatish - 1 martta
Fol ishlab olish - 2 martta
Tozalash - 1 martta
To‘pni ushlab qolish - 1 martta
Raqibni to‘xtatishlar - 3 martta
Dribling bilan o‘tib ketildi - 1 martta.
Sariq kartochka -1
Kutilgan assistlar xA - 0.01
21 yoshli legionerimizning o‘yini "SofaScore" tomonidan 6.6, "FlashScore" 6.4, "FotMob" 6.9 va "WhoScored" tomonidan 6.28 ballga loyiq ko‘rildi.
"Manchester Siti" FIFA kunlaridan so‘ng 4-turda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar