Jastin Getji faoliyatini qachon tugatishini aniq aytdi
UFC ning vaqtinchalik chempioni Justin Getji karerasini qachon tugatishi haqida gapirdi.
"Hozir 37 yoshman. Shubhasiz, faoliyatim oxiriga yaqinlashmoqda. O'ylaymanki, kelasi yilning o'rtalariga, 2027 yilga kelib, kareramni 100% tugataman. Agar Oq Uydagi turnirda Iliya Topuriyani yengib, qo'lqoporimni mixga ilsam, barchasi ideal yakunlangan bo'lardi", - dedi amerikalik "365 Sports" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "UFC 324" turnirida Justin Getji Peddy Pimblettni hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra mag'lub etib, engil vaznda vaqtinchalik chempionga aylangandi.
Fikrlar