Jastin Getji Konor Makgregor bilan jang qiladimi?
UFC Shon-sharaf Zali a’zosi Daniel Kormye 37 yoshli amaldagi UFC chempioni Jastin Getji va irlandiyalik Konor Makgregor oʻrtasidagi jangni tashkil etishga qarshi chiqdi .
"Jastin Konor bilan bahs taklif qilinsa, albatta, rozi boʻladi. Lekin fikrimcha, bu toʻqnashuv shunchaki imkonsiz, boisi Getji amaldagi chempion! Agar u kamarsiz shunchaki Jastin Getji boʻlganida boshqa gap edi...
Ammo UFC chempioni sifatida amerikalik irland bilan jang qilishi mumkin emas. Men bir joyda uning Konor bilan bellashuvi uchun kamardan voz kechishini aytganini ham oʻqidim. Siz bunday qila olmaysiz. Bu merosingizga zarar yetkazadi - kamardan voz kechish va chempion boʻlishdan koʻra pulli jangni ustuvor qoʻyish – men Jastinning bunday qilishini tasavvur eta olmayman", – dedi Kormye.

Fikrlar