Jastin G'etji uchun ayni paytdagi eng qiyin raqib kim?

  • 05.09.2026 12:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ko‘pchilik Arman Tsarukyan amerikalik Jastin Getji uchun eng jiddiy sinov bo‘lishi mumkin, deb hisoblasa-da, ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni  Genri Sekhudo boshqacha fikr bildirmoqda.

"Getji uchun eng qiyin raqib – Usmon Nurmagomedov. Ilgari men ham Arman deb o‘ylardim, lekin Jastinning o‘zidan past bo‘yli raqiblar bilan jangini ko‘rib, fikrimdan qaytdim. Usmon baland bo‘yi evaziga amaldagi UFC chempionini qiynab qoyadi",  - dedi Sekhudo "Pound 4 Pound" podkastining navbatdagi sonida.

Ma’lumot uchun, Usmon Nurmagomedovning PFL bilan shartnomasi yakunlangan. Uning kelgusida qaysi ligada harakat qilishi yaqin orada ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!