Jastin G’etji: "Xabib Nurmag‘omedovni 1 raundda mag‘lub etgandim"
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Justin Getji rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazgan jangini eslab o‘tdi.
"Xabibga qarshi bahsning birinchi raundida ochkolar bo‘yicha yutgandim. Biroq bu ustunlikni olish uchun butun kuchimni ishlatishga to‘g‘ri kelgan. Hamma narsamni o‘sha yerda qoldirdim. Shundan keyin jangni yutish imkoniy qolmadi. Nurmagomedovga qarshi revanş olishim mumkin edi, deya ham ayta olmayman. Hatto nazariy jihatdan ham imkoniyatim yo‘q edi", — dedi amerikalik "One Night with Steiny" loyihasiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yil 24 oktyabr kuni "UFC 254" turnirida Getjini 2 raundda sabmishn evaziga taslim etgan. Mazkur bahs rossiyalikning faoliyatidagi so‘nggi jangi edi.

Fikrlar