
Jasur Abduraimov: Qo‘qonda jangovor o‘yin guvohi bo‘ldik
Oliy Liga 9-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” –“Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” ustozi Jasur Abduraimov ishtirok etdi.
“O‘yin jangovor ruhda o‘tganini ta’kidlash joiz. Stadion muxlislar bilan to‘ldi. Ishqibozlar qiziqarli bahsning guvohiga aylanishdi. Har ikki jamoa futbolchilari o‘yinda borlarini berib harakat qilishdi.
Qo‘qonliklarning peshqadamlar orasida yurishi, buning ustiga muxlislarning stadiondagi hayqiriqlari o‘yinchilarimizga qo‘shimcha bosim o‘tkazganini inkor etmayman. Lekin takror aytaman, har ikki klub a’zolari borlarini berib to‘p surishdi.
Ikkinchi bo‘limda tashabbusga ega bo‘lganimizning sababi bosimni engib, muhitga moslashib olganimiz bo‘ldi. Futbol ehtiroslarga boy o‘yin. Shunday ekan uchrashuv davomida har qanday holat vujudga kelishi tayin.
Jamoa bir oila sifatida shakllanmas ekan – yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi. Murabbiyning yutug‘i futbolchilarni birlashtira olishida, deb o‘ylayman”, – deb Jasur Abduraimov so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar