Jasur Jaloliddinov Andijonga etib keldi

  • 04.03.2021 18:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha saytimiz orqali iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni ushbu mavsumni “Andijon”da boshlashi haqida xabar bergandik.

Moskvaning “Lokomotiv” klubiga amalga oshirilgan omadsiz transferdan keyin Jaloliddinov ma’lum vaqt “Bunyodkor”da sport formasini saqlab turdi va bu payt davomida hammasini yaxshilab o‘ylab ko‘rdi. Natijada u o‘yin amaliyoti muhim ekanligini tushunib etgan holda o‘zining ustozi – Otabek G‘ulomxo‘jaevning taklifini mustaqil ravishda qabul qildi.

Bugun Jaloliddinov Andijonga etib keldi. Futbolchini jamoa qarorgohida yuzlab muxlislar katta xursandchilik bilan qarshi oldilar. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, Jaloliddinovni "Andijon"ga taklif qilish oson kechgani yo‘q. Chunki uni o‘z safida ko‘rishni istagan klublar bisyor edi. Ammo bu safar G‘ulomxo‘jaev ancha ildamroq harakat qildi. Tez orada Jasur bilan rasman shartnoma imzolanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nodir uz
04/03/2021 20:38
Бомбааа трансфер булди