Jasur Jaloliddinov premer-ligada to‘p surish huquqiga ega bo‘ldi

  • 30 avgust, 2020, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi iyul oyining oxirida “Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinov bilan besh yillik shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, Rossiya premer-ligasi bellashuvlarida uning xizmatidan foydalana olmayotgan edi.

Tecno

Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarda bunga O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbariyatining ushbu transfer bo‘yicha turli shubhalarga borgani va tegishli surishtiruvlar o‘tkazilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

“Lokomotiv” Jasur Jaloliddinov masalasidagi barcha muammolar hal etilganidan so‘ng, o‘zbek futbolchisini Rossiya premer-ligasida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritib,  qaydnomadan o‘tkazdi va endi hamyurtimiz ushbu mamlakat chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

587239_original

“Lokomotiv” 23-raqamda o‘ynaydigan Jasurni jamoadagi so‘nggi legioner sifatida qaydnomaga kiritdi. Rossiya premer-ligasida joriy qilingan qoidaga binoan, bir jamoa tarkibida 8 nafardan ortiq legioner ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “Temiryo‘lchilar” limit ichidagi so‘nggi bo‘sh joyni aynan o‘zbekistonlik legioner uchun saqlab turgani ma’lum bo‘ldi.

18 yoshli futbolchi “Lokomotiv” klubi bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan. Uning transferi uchun moskvaliklarga bir million evrodan ko‘proq mablag‘ sarflagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Jaloliddinov – “Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Bu jamoa asosiy tarkibida 16 yoshu 80 kunligida debyut qilib, O‘zbekiston milliy chempionatlarida to‘p surgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Jasur o‘z tengqurlari orasida (2002 yilda tug‘ilganlar) eng iste’dodlisi va Osiyoda eng kuchli besh futbolchidan biri hisoblanadi.  The Guardian ekspertlari bahosiga ko‘ra, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan. Unga Portugaliyaning “Benfika”, Italiyaning “Udineze”, “Benevento”, Turkiyaning “Beshiktosh”, Ispaniya va Osiyoning qator klublaridan qiziqish bo‘lgandi. Biroq, Jasur Jaloliddinov kelajakda yanada o‘sishga erishish va legioner maqomiga moslashish uchun “Lokomotiv”ni tanlaganini intervyusida alohida ta’kidlagan.

49209152-e15d-11ea-bfd3-fa163e074e61

Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor”da jami 32 ta uchrashuvd 3 ta gol urgan. 2020 yilda O‘zbekiston terma jamoasida debyutini o‘tkazgan. 

“Lokomotiv” jamoasi Rossiya premer-ligasida besh turdan so‘ng etti ochko bilan ettinchi pog‘onada bormoqda. Moskvaliklar navbatdagi uchrashuvda 30 avgust kuni amaldagi chempion “Zenit”ga qarshi o‘tkazadi. Aynan ana shu uchrashuvda Jasur Jaloliddinov debyut qilishiga umid bildiramiz.

Jaloliddinov transferi mashmashasi Rossiyada ham aks sado bermoqda. Agent bor gapni aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!