Jasur Jaloliddinov terma jamoaga chaqiruv va yig‘in haqida fikr bildirdi

  • 22.01.2026 21:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirdi. Jasur Jaloliddinov OʻFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida chaqiruv, mashgʻulotlar va keyingi rejalar haqida fikr bildirdi.

"Avvalo, terma jamoaga chaqiruv olish har bir futbolchi uchun gʻurur va sharaf. Yigʻinga chaqiruv olganimdan juda xursandman va har bir futbolchi kabi murabbiylarning ishonchini oʻqlashga harakat qilaman. Mashgʻulotlarda murabbiy oʻz xohlagan narsalarini yangi futbolchilarga tushuntirmoqda, jismoniy yuklamalar ham bor. Oʻylaymanki, kundan kunga futbolchilar murabbiylarni yaxshiroq tushunib, jismoniy va oʻyin holatimizni yanada kuchaytiramiz", — dedi Jaloliddinov.

Maʼlumot uchun, mazkur yigʻin 2026 yildagi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish, milliy terma jamoa tarkibi uchun munosib zahira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh oʻyinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!