Javohir Jahongirov jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda Polsha davlatining Belsko-Biala shahrida karatэ WKF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning 120 ta davlatidan sportchilar ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Quvonarlisi, terma jamoamiz a’zosi, Bekobodlik Javohir Jahongirov yakka kata yo‘nalishida 63 kg. vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon chempionati g‘olibiga aylandi.

Tajribali murabbiy Hamdam Shodibekov qo‘l ostida shug‘ullanaotgan Javohir finalga qadar Braziliya, Ukraina, Slovakiya va Gonkong vakillarini mag‘lub etib, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Hamyurtimiz bugun 17 oktyabr kuni finalda AQShlik Zhuo Edmondga qarshi bahs olib bordi va 5:0 hisobida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan mutloq mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi va karatэning yakka kata yo‘nalishida tarix yaratdi.
Ilhom Rahmonov tayyorladi

Fikrlar