Javohir Qahramonov "Neftchi"ga o‘tgani haqida: "Hamjihatlikda harakat qilsak, chempionlikni qo‘lga kiritish osonroq kechadi"

"Neftchi" klubi bilan shartnoma imzolagan Javohir Qahramonov  klub matbuot xizmatiga bergan  kichik intervyu berdi. Uni quyida batafsil o‘qib chiqish imkoniga egasiz.

- Javohir, "Neftchi"ga o‘tish varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Assalomu alaykum yana bir bor.  Meni jamoaga Vitaliy Grigorevich taklif qildi. O‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan klubda o‘ynash albatta qiziqarli va quvonarlidir. "Neftchi"dek buyuk jamoa safida to‘p tepish har qanday futbolchi uchun sharafli hisoblanadi.

- "Neftchi" jamoasiga qarshi o‘tgan mavsumda jizzaxliklar tarkibida maydonga chiqqansiz. Klub sizda qanday taassurotlar qoldirgan?

- Albatta, jamoa o‘tgan mavsumda ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Har qanday raqibni enga oldi va so‘nggi turgacha medallar uchun kurashdi. Mana shu jihatlari ham klubga o‘tishimga turtki bo‘ldi.

- Jamoa bosh murabbiyi xaqida qanday fikrlarni bildira olasiz.

- Vitaliy Levchenko xaqida gapiradigan bo‘lsam, o‘tgan mavsumda o‘zining futboldagi qarashlari orqali uncha-muncha klublarni noqulay axvolga sola bildi. Bejizga emas, hozirgi kunda PFL tomonidan Superliganing eng yaxshi uch nafar murabbiyi ro‘yhatidan joy egallaganligi murabbiyning qanday salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

- Klub muxlislariga tilaklaringiz?

- O‘ylaymanki, yangi mavsumda jamoa muxlislarini yorqin o‘yinlarimiz orqali xursand qilamiz. Yuksak marralarni zabt etishda esa hamjihatlikda harakat qilsak, chempionlikni qo‘lga kiritish yo‘lidagi maqsadimizga erishish osonroq kechadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Urinov Shoxjahon
22/12/2023 21:56
Жавохир Сенга хам Шахбоз бн Шохрухни, Чермилни йу́лини берсин.
Oshiq Jannatga
22/12/2023 19:03
Жавохир сен хам шахбоз журабеков лука чермел санжар рашидов шохруз норхонов каби йуколиб кетмасанг булди