Javohir Sindarov 1 million dollarlik turnirda qatnashadi!
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonda bo‘lib o‘tadigan nufuzli franchayzing musobaqasi — Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turnirida ishtirok etadi. Turnir 5–13 sentabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Hamyurtimiz mazkur mavsumda Ameriсan Gambits jamoasi sharafini himoya qiladi va jamoaning birinchi — Ison taxtasida dona suradi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Fikrlar