Javohir Sindarov: "60 yoshga yaqinlashgan holda ham bunday darajada o‘ylay oladigan shaxmatchilar juda kam"
Javohir Sindarov sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anandga qarshi kechgan dramatik partiya haqida fikr bildirdi. O‘ta keskin kechgan bahs o‘zbekistonlik shaxmatchining g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Men ekranga qaradim. Shunchaki taklif qilgan durangim unchalik yomon natija bo‘lmasligiga umid qilgandim. Ammo keyin Anand va uning jamoasi vaqt bo‘yicha qiynalayotganini ko‘rdim. U taklifimni qabul qilmaganidan juda xursand bo‘ldim.
Shunda o‘zimga: “Yaxshi, endi bor kuchim bilan o‘ylashim kerak — yo g‘alaba qilaman, yo mag‘lub bo‘laman”, dedim.
Uning vaqti bir daqiqadan kam qolganida, Anand biroz asabiylashayotganini seza boshladim. Shu orqali qandaydir psixologik ustunlikka ega bo‘ldim va bosimni kuchaytirdim. U esa mening so‘nggi ayyor yurishimni payqamay qoldi”, — dedi Sindarov.
Sindarovdan 56 yoshli Anandning shaxmatdagi darajasini qanday baholashi so‘ralganda, 20 yoshli da’vogar sobiq jahon chempioniga yuqori baho berdi.
"U jahon darajasidagi shaxmatchi. 60 yoshga yaqinlashgan holda ham bunday darajada o‘ylay oladigan shaxmatchilar juda kam. Shuning uchun ham u o‘z davrining eng yaxshilaridan biri bo‘lgan”, — dedi Sindarov

Fikrlar