Javohir Sindarov Clutch Chess turnirida ishtirok etadi!

  • 03.10.2026 14:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Javohir Sindarov 27–29 oktabr kunlari AQSHning Sent-Luis shahrida bo‘lib o‘tadigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirida dona suradi.

Musobaqa tezkor shaxmat yo‘nalishida o‘tkazilib, jami 18 ta partiya o‘ynaladi. Har bir partiyada shaxmatchilarga 10 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurishdan so‘ng 5 soniya qo‘shiladi.

Javohir Sindarov uchun bu musobaqa alohida ahamiyatga ega. U oktyabr oxirida Genevada amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon chempionligi matchi oldidan Clutch Chess'da Nakamura, Karuana va Pragnandha kabi kuchli raqiblarga qarshi so‘nggi yirik sinovlaridan birini o‘tkazadi.

"Clutch Chess" formati nimasi bilan qiziq?

Bu oddiy rapid musobaqasidan biroz farq qiladi. Unda turnirning keyingi kunlarida g‘alabaning qiymati oshib boradi.

2026 yildgi Champions Showdown uchun e’lon qilingan formatda:

1-kun: g‘alaba — 1 ochko
2-kun: g‘alaba — 2 ochko
3-kun: g‘alaba — 3 ochko

Shuning uchun musobaqaning oxirgi kunidagi har bir partiya juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Qolaversa, har kungi g‘alabalar uchun alohida bonuslar va musobaqa yakunida Champion's Jackpot ham mavjud. Jami sovrin fondi $425 ming ekani rasmiy e’lon qilingan.

Sindarov uchun muhim nuqta

Jahon chempionligi matchi oldidan Javohir Sindarov AQSHda Nakamura, Karuana va Pragnandhaga qarshi o‘ynaydi.

Ya’ni Sindarov uchun bu oddiy rapid turniri emas, Gukeshga qarshi jahon chempionligi matchi arafasidagi yuqori darajadagi tayyorgarlik va raqobat muhiti sifatida ham qiziq!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!