Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi!
Kiprda davom etayotgan nufuzli turnir doirasida hamyurtimiz Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa ustidan muhim va ishonchli g‘alabaga erishdi.
Ushbu natija orqali Sindarov jahon reytingida sezilarli o‘sish qayd etib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. 2753.5 reyting ochkosi bilan u endilikda dunyoning eng kuchli sakkiz nafar shaxmatsisi safidan joy oldi.
Bu natija Javohir Sindarov faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilmoqda.

Fikrlar