Javohir Sindarov EWC final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 27.07.2025 10:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Javohir Sindarov EWC final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va endi Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen kabi shaxmatchilar bilan 1.5 million dollar mukofot jamg‘armasiga ega superturnirda ishtirok etadi!

Javohir saralashning so‘nggi bosqichida Hans Niemann ustidan armageddonda g‘alaba qozondi. Endi 29-iyul kuni Riyodda boshlanadigan musobaqada O‘zbekistonning 2 eng yuqori reytingli shaxmatchilari qatnashadi.

Sindarovni ajoyib natija bilan tabriklaymiz va asosiy turnirda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!