Javohir Sindarov o‘zbek derbisida g‘alaba qozondi!
Ahmadbek Eshmatov
Endi Sindarov Jahon kubogi finalida xitoylik Vey Iga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbek shaxmatchisi Javohir Sindarov o‘zbek derbisida g‘alaba qozonib, Nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan ilk o‘zbek grossmeysteriga aylandi. Endi u Jahon kubogi finalida xitoylik Vey Iga qarshi bahs olib boradi.
Yana bir imkoniyat — Yakubboevda! Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Nodirbek Yakubboev uchun ham Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. U 3-o‘rin uchun uchrashuvda rossiyalik Andrey Esipenko bilan kuch sinashadi.
Agar Yakubboev g‘alaba qozonsa, Nomzodlar turnirida ikki nafar o‘zbek shaxmatchisi ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Izohlar (0)