Javohir Ummataliev polshalik bokschini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

  • 7 sentabr, 18:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 

Tecno

-80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Javohir Ummataliev polshalik Nikodem Kozakni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Bahs davomida u raqibini nokdaunga ham tushirib qo‘ydi - 5:0. Javohir endi 9 sentyabr kuni chorak finalga o‘tish bahsida ringga ko‘tariladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonova va Chernogoriya vakilasi Boyana Goykovich to‘qnashuvi kutmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
07/09/2025 22:27
Omad tilayman!